Лазанья по Итальянский💖
Italyancha lazanya ✅ Kerakli masalliqlar: Nachinkasiga: 1 ta katta piyoz Oregano Aralash ziravorlar Tuz 200-300 g yog'li qiyma go'sht 2 ta sabzi 1-2 ta sarimsoq bo'lagi 500 ml tomat soki 1 osh qoshiq shakar Beshamel sousi: 50-60 g sariyog' 1 piyola un 500 ml sut Lazanya xamiri: 🔹Tayyorlanishi: Hamma sabzavotlarni mayda kubik qilib to'g'raymiz. Tovada yog' qizdirib piyozni solamiz. Tuz, oregano va aralash ziravorni solib qovuramiz. Qiyma go'shtni solib 5 daqiqa qovuramiz. Suvlari chiqqach, sabzini solamiz. Oxrida sarimsoqni ham qirg'ichdan o'tkazib solamiz. Tomat sousini quyamiz. Taxir ta'mini olish uchun shakar solamiz. 15 daqiqaga dimlab qo'yamiz. Beshamel sousi: Sateynik yoki qozonchada sariyog'ni eritamiz. Un solib venchik bilan tez-tez aralashtiramiz. Quyuq holatga kelgach, sut quyamiz va aralashtirib turib quyilishini kutamiz. Pergament solingan qolipga avval sous solib yoyamiz. Ustidan lazanya xamirini teramiz. Nachinkani bir tekis qilib solib chiqamiz. Hamma masalliqlar tugaguncha shu tartibda yig'ib olamiz. Eng tepasiga qirg'ichdan o'tkazilgan yaxshi eriydigan pishloqni sepamiz. 180° qizigan duxovkaga 25 daqiqaga yuboramiz. Tayyor!😋😋😋 Yoqimli ishtaha💖
Название:
Лазанья по Итальянский💖
Категория:
Разное